
Foto: Shutterstock
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:58 da Xitoyda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,94 gradus shimoliy kenglik; 74,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 471 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Andijon viloyatida 3 ball, 206 km;
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 238 km;
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 268 km;
- Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.