12:27 / 07.12.2022
20149
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida AGTKSlarning ish vaqti yanada qisqardi (xabar yangilandi)

Vodiy viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari kuniga 5 soat – 06:00dan 11:00gacha ishlash rejimiga o‘tkazildi. Shoxobchalar to‘liq yopilishi haqidagi rasmiy e’lon olib tashlandi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari vaqtincha yopildi. “O‘ztransgaz” xabariga ko‘ra, tabiiy gazni birinchi navbatda aholi uylariga, ijtimoiy obektlarga va IESlarga yo‘naltirish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Ma’lum qilinishicha, vodiy viloyatlaridagi AGTKSlarning ishlash grafigi soat 06:00dan 11:00 gacha o‘zgartirilgan (bungacha 06:00dan 17:00 gacha edi).

Kuchaytirilgan cheklov magistral gaz quvurlardagi gaz bosimi ko‘tarilgunga qadar davom etadi.

“O‘ztransgaz” bundan biroz oldin e’lon qilgan xabarida 7 dekabr soat 11:00dan boshlab vodiy viloyatlaridagi gaz-shoxobchalari vaqtincha yopilishi ma’lum qilingandi, biroq bu rasmiy e’lon ko‘p o‘tmay o‘chirildi va yuqoridagi, grafik qisqarishiga oid xabar e’lon qilindi.

Avvalroq, 4 dekabrdan boshlab Toshkent shahridagi AGTKSlar vaqtincha yopilgan edi.

O‘zbekistondagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining ish vaqti 9 noyabrdan boshlab cheklangan. Cheklovlar sutkasiga 6 soatdan 12 soatgacha deb belgilangan edi.

Mavzuga oid
Top