14:42 / 10.12.2022
11668

Termiz-Toshkent yo‘lovchi poyezdi chiroq o‘chib qolgani sabab to‘xtab qoldi

Oqibatda yo‘lovchi poyezd qariyb to‘rt soat harakatlana olmagan va Toshkentga belgilangan vaqtdan kechikib yetib kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l liniyasida chiroq o‘chib qolgani uchun bir necha soatga kechikayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ holatni tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 9 dekabr kuni Termiz bekatidan jo‘nagan 79-sonli “Termiz — Toshkent” yo‘lovchi poyezdi "Jarqo‘rgon – Qumqo‘rg‘on" va "Qumqo‘rg‘on – Boysun" peregonida elektr energiyaning o‘chgani sababli 3 soat 40 daqiqa to‘xtab qolgan.

Tarmoqqa elektr energiyasi yetkazib berilgach poyezd yo‘lda davom etgan va Toshkent shahriga o‘z vaqtidan 2 soat 10 daqiqaga kechikib kelgan.

«Yo‘lovchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida.

Top