Baxmutdagi vayrongarchiliklar va shahar mudofaasidagi askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 290-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainadagi urush Rossiya va alyans o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylanishidan xavfsiramoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOdagilar har kuni bunday ehtimoldan qochish ustida ishlamoqda.
- Times nashriga ko‘ra, Ukraina hududlari yoppasiga o‘qqa tutilishi davom etayotgani sababli AQSh endi Kiyevni Rossiyadagi nishonlarga zarba berishdan qaytarishga urinmayapti. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Vashington endi bunday zarbalar mojaro eskalatsiyasiga olib kelishidan qayg‘urmay qo‘ygan.
- Osloda 2022 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi — mukofot Rossiya, Belarus va Ukrainadan bo‘lgan huquq himoyachilariga berildi.
- Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 11 dekabrga o‘tar kechasi mamlakat janubida rossiyaliklarning dronlari hujumi kuzatilgan. 15 drondan 10 tasi urib tushirilgan. Hujum oqibatida Odessa oblasti va Xerson shahridagi minglab kishilar toksiz qolishgan.
- Dnepropetrovsk oblastida tungi zarbalar oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.
Quyida 10 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmutdagi vayrongarchiliklar va shahar uchun qaqshatqich janglar
Baxmut — Rossiya armiyasining Donbassdagi harbiy harakatlaridagi muhim yo‘nalish. Iyul oyidan buyon RF qo‘shinlari shaharga taxminan 10 kilometr masofada ilgarilagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy frontdagi vaziyat haqida gapira turib, Baxmut butunlay yakson etilganini aytgan. Shaharning ayni vaqtdagi ko‘rinishi quyidagi suratlarda:

Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA



Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Izyum atrofida qolgan rossiyaliklarning jasadlari
Xarkiv oblastining Izyum shahri 1 aprel kuni to‘lig‘icha Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingandi. Ukraina armiyasi shaharni faqat sentabr oyiga kelib ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. Izyumda ham Ukrainaning Rossiya istilosini boshdan kechirgan boshqa shaharlaridagi kabi ommaviy qabrlar aniqlangan. Ulardan biridan — tinch aholi vakillari bo‘lgan kamida 445 kishining jasadi chiqqan (ular orasida bolalar ham bor) va Ukraina harbiylari ko‘milgan bitta birodarlik qabri topilgan. Ukraina hukumatiga ko‘ra, qurbonlarning ko‘pchilik qismi jasadida qiynoq alomatlari aniqlangan. Ayrimlarni o‘lim oldidan uzoq vaqt davomida qiynoqqa solishgan.
Izyum atrofida, dalalar va shaharga olib boruvchi yo‘llarda rossiyalik harbiylarning jasadlari ham qolgan. Ularni ukrain ko‘ngillilari yig‘ib chiqishmoqda. Quyidagi ushbu jarayon aks etgan fotosuratlar 6 dekabr kuni olingan.




Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
10 dekabrga o‘tar kechasi Donetsk o‘qqa tutilgan. «DXR» rasmiylari bayonotiga ko‘ra, Ukraina tomoni shaharning Voroshilov rayoni bo‘ylab «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan 20 ta raketa uchirgan. Xabar qilinishicha, kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Valentin Sprinchak / TASS

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024