Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda fuqaroning kartasidagi pullarni o‘zlashtirgan kassir ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surishtiruvlarda bank xodimi avval ham ikki marta Jinoyat kodeksining 168 va 228-moddalari bilan sudlangani aniqlangan.
Bank xodimi fuqaroning karta ma’lumotlarini bilib olib, pullarini o‘zlashtirgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan 5 mln 245 ming so‘m pullarni yechib olganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, fuqaro bank kartasidagi pullarni bank kassasi orqali naqdlashtirgani, bir necha kun o‘tib pullar yechib olingani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 3-qismi bilan sudlangan Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi kassir ayol bank kartasi boshqaruvini o‘ziga olib, pullarni o‘zlashtirgan.
Qayd etilishicha, bank xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 30.12.2025
Qumqo‘rg‘on tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
11:36 / 21.12.2025
Qumqo‘rg‘ondan xushxabar: Nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb kreditga o‘tkazilgan uylarning qarzdorligini homiy tashkilot to‘liq yopdi
11:09 / 20.10.2025
Surxondaryoda Cobalt va Nexia to‘qnashdi
14:55 / 16.10.2025