Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida ikki avtomobil özaro töqnaşiş oqibatida bir kişi halok böldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Qayd etilişiça, 19 oktyabr kuni soat 09:40 atrofida tumanning Azlarsoy mahallasidan ötgan D-162 avtomobil yölining 7-kilometrida 28 yoşli haydovçi böşqaruvidagi Cobalt yölning qarama-qarşi bölagiga çiqib ketgan va qarşisidan kelayotgan 39 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Nexia-2 bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida Nexia-2 maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan 62 yoşli erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir 66 yoşli yölovçi ayol tuman şoşilinç tez tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Qumqörğon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















