Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov mahalliy kengaş sessiyasida odamlar tezak qilmay qöyganini aytib, buni xalqqa tuşuntiriş kerakligini bildirgan. “Nimaga endi biz gaz-gaz deb qoldik? Gazning tagi bölsa qani, yöq-da şu”, degan hokim.

Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov odamlar tezak qilmay qöyganini aytdi. Hokim bu haqda xalq depatutlari Qumqörğon tumani kengaşining 2025 yil 12 sentabr kuni ötkazilgan navbatdagi X sessiyasida gapirgan.

Sessiyada bir neçta masalalar körib çiqilgan. Jumladan, “Qumqörğon tuman gaz” filiali boşliği I.Mustafoqulovning hisoboti tinglangan.

“Qumqörğon tuman gaz” filiali boşliği I.Mustafoqulov

Jarayonda sessiyaga rahbarlik qilayotgan tuman hokimi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik borasida ham töxtalib ötgan.

“Mutaxassislar tomonidan bu yil qiş sovuq keladi degan prognoz qilinyapti. Biz ham şunga yaraşa tayyorgarlik körişimiz zarur. Qor, yomğir yoğgan kunlari xalq qiynalmasligi kerak...

Mana, oddiy bir tezak, hozir heç kim tezak qilmaydi. Uylarga tezak, çalmalarni yiğib, bosib, qişda qor yoğdimi, ikkita taylab qöysa böladi-ku. Nimaga endi biz gaz-gaz deb qoldik? Tuşungan bölganlaring uçun aytyapman, gazning tagi bölsa qani, tagi yöq-da şuning”, degan tuman hokimi.

Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov

Şuningdek, hokim tumanning 90 foiz aholisi buni tuşunib turganini, 10 foizi tuşunmasligini ma’lum qilgan. “Odamlarga yana bir marta tuşuntirişimiz kerak”, degan u.

Anvar Normamatov 2022 yil iyun oyidan beri Qumqörğon tumaniga hokimlik qilib keladi. Bungaça u Termiz şahri böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarma boşliği lavozimida