16:27 / 14.12.2022
38066

O‘zbekistonda yuzdan ortiq xorijiy telekanallarni efirga uzatishga ruxsat berildi (ro‘yxat)

O‘zbekiston hududida tarqatilishiga ruxsat berilgan xorijiy telekanallar soni 50 tadan 192 taga yetdi. AOKAning ma’lum qilishicha, bu orqali fuqarolarning turli manbalardan to‘liq va xolis axborotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan. Bunga qadar O‘zbekistondagi xorij telekanallari asosan Rossiya OAV edi.

Foto: AP

O‘zbekistonda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanal umumlashtirilib, ular asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar ro‘yxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga ko‘ra, bundan maqsad – fuqarolarning to‘liq va xolis axborot olish huquqini ta’minlash hamda turli manbalardan ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Ro‘yxatdagi xorijiy telekanallarning:

  • 35 tasi ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga va yangiliklar tarqatishga;
  • 37 tasi filmlar va seriallar namoyishiga ixtisoslashgan;
  • 34 tasi “National Geographic Channel” kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yo‘nalishda;
  • 27 tasi bolalar va o‘smirlar auditoriyasiga mo‘ljallangan;
  • 20 tasi sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan;
  • 39 tasi musiqiy-ko‘ngilochar kontent tarqatadi.

Mazkur ro‘yxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pulli televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi. Ya’ni efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari va internet platformalar orqali bo‘ladi.

Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi, deya eslatgan AOKA.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz noyabr oyi boshida BBC, Sky News, CNN, CNBC, Fox News, Bloomberg, CGTN, TRT Avaz va “Belarus-24” kabi kanallar translatsiyasi O‘zbekistonda boshlanganini xabar qilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati:

1. 1 HD MUSIC TELEVISION

2. 365 DNeY TV

3. 8 KANAL

4. AL JAZEERA

5. ANIMAL PLANET

6. AZTV

7. BARAEM

8. BBC NEWS

9. BBC WORLD NEWS

10. BLOOMBERG TELEVISION

11. BOLLYWOOD HD

12. BRIDGE TV CLASSIC

13. CBS

14. CGTN

15. CGTN Russkiy

16. CINEMA

17. CLUB MTV

18. CNBS

19. CNN

20. CNN International

21. DA VINCI

22. DEUTSCHE WELLE

23. DISCOVERY CHANNEL

24. DISCOVERY SCIENCE

25. DISNEY CHANNEL

26. DUCK TV

27. DOMAShNIY

28. DOMAShNIY INTERNATIONAL

29. ENGLISH CLASS

30. EURONEWS

31. EUROSPORT 1 / HD

32. EUROSPORT 2 / HD

33. FASHION TV

34. FOX NEWS

35. FRANCE 24

36. FUEL TV

37. GULLI GIRL

38. HDL

39. HOOLLYWOOD HD

40. INSIGHT

41. ITV

42. JEEM TV

43. JIMJAM

44. KBS WORLD

45. KHL

46. KIKA

47. LOVE NATURE

48. MEZZO LIVE HD

49. MMA TV

50. MTV

51. MTV LIVE HD

52. MUSEUM TV

53. MY ZEN

54. NATIONAL GEO WILD

55. NATIONAL GEOGRAPHIC

56. NBC NEWS

57. NHK World Japan

58. NICK JR

59. NICK TOONS

60. NICKELODEON

61. NICKELODEON HD

62. OKEAN TV

63. PARAMOUNT CHANNEL

64. PBS

65. QAZAQSTAN

66. RU.TV

67. SETANTA SPORs 1

68. SETANTA SPORs 2

69. SKY NEWS

70. SPACETOON

71. SPIKE HD

72. STAR CINEMA

73. SUPER RTL

74. TCM

75. THE CW

76. TIJI

77. TNT

78. TRACE SPORT STARS

79. TRACE URBAN

80. TRT AVAZ

81. TRT HABER

82. TRT MÜSİK

83. TURKMENISTAN

84. TV 1000

85. TV 1000 ACTION

86. TV 1000 RUSSKOYe KINO

87. UFC

88. VIASAT EXPLORER

89. VIASAT HISTORY

90. VIASAT NATURE

91. VIASAT SPORT

92. VIP COMEDY

93. VIP PREMIERE

94. VIP SERIAL

95. ZOOMOO

96. ZOOPAPK

97. AVTO 24

98. AVTO PLYuS

99. ARSeNAL

100. BOBYoR

101. V GOSTYaX U SKAZKI

102. V MIRe JIVOTNYX

103. VOPROSY I OTVeTY

104. GLAZAMI TURISTA

105. DeTSKIY MIR

106. DIKAYa OXOTA

107. DIKAYa RYBALKA

108. DIKIY

109. DOKTOR

110. DOM KINO

111. DOMAShNIYe JIVOTNYYe

112. DORAMA TV

113. DRAYV

114. JIVAYa PLANeTA

115. JIVAYa PRIRODA

116. JIVI

117. JIVI AKTIVNO

118. ZAGORODNAYa JIZN

119. ZAGORODNYY INT

120. ZVeZDA

121. ZDOROVOYe TV

122. INDIYSKOYe KINO

123. ISTORIYa

124. KALeYDOSKOP

125. KAPITAN FANTASTIKA

126. KARUSeL

127. KINOKOMeDIYa

128. KINOMIKS

129. KINOPOKAZ

130. KINOPReMeRA

131. KINOSVIDANIYe

132. KINOSeMYa

133. KINOSeRIYa

134. KINOXIT

135. KUXNYa TV

136. LYa-MINOR TV

137. MAMA

138. MATCh TV

139. MATCh! AReNA

140. MATCh! BOYeTs

141. MATCh! IGRA

142. MATCh! PLANeTA

143. MATCh! PReMeR

144. MATCh! FUTBOL 1

145. MATCh! FUTBOL 2

146. MATCh! FUTBOL 3

147. MIR

148. MIR 24

149. MOTOSPORT

150. MOYa PLANeTA

151. MOYa STIXIYa

152. MUJSKOYe KINO

153. MUZ TV

154. MUZYKA PeRVOGO

155. MULT

156. MULTILANDIYa

157. NAUKA

158. NAShA SIBIR

159. NAShA TeMA

160. NAShe NOVOYe KINO

161. NTV

162. Obshchestvennyy pervyy kanal

163. OXOTA I RYBALKA

164. OXOTNIK I RYBOLOV

165. PeRVYY KANAL

166. PeRVYY KOSMICheSKIY

167. PRIKLYuCheNIYa HD

168. RBK

169. ReTRO

170. RODNOYe KINO

171. ROSSIYa 1

172. ROSSIYa 24

173. ROSSIYa K

174. RUSSKAYa KOMeDIYa

175. RUSSKIY BeSseLLeR

176. RUSSKIY DeTeKTIV

177. RYJIY

178. SARAFAN

179. SMAYLIK TV

180. Ss KIDS

181. T 24

182. TAYNY GALAKTIKI

183. TV 3

184. TV TseNTR

185. TeLeKAFe

186. TNV PLANeTA

187. TOҶIKISTON

188. TOChKA OTRYVA

189. TUGAN TeL

190. UNIKUM

191. USADBA

192. XABAR 24

Top