O‘zbekiston | 14:53 / 03.11.2022
31348
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jahon telekanallari efirga uzatila boshlandi

O‘zbekistonda raqamli televideniye operatorlari o‘z paketlariga Rossiya kanallariga muqobil sifatida boshqa mamlakatlarning yangiliklar kanallarini qo‘shdi.

Foto: UzDigital TV

2022 yil noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning raqamli televideniye operatorlari turli tillardagi bir qator xorijiy telekanallarni o‘z paketlariga kiritishdi. Bungacha o‘zbekistonliklar mahalliy kanallardan tashqari asosan Rossiya kanallarini tomosha qilishlari mumkin edi.

UzDigital TV kompaniyasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qo‘shimcha 5 ta — BBC World News (Buyuk Britaniya), CNN International, Bloomberg (AQSh), CGTN (Xitoy) va TRT Avaz (Turkiya) kabi kanallar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Qolaversa, raqamli televideniye kompaniyalari veb-saytlarida Fox News, CNBC, SkyNews, France 24, «Belarus 24» va boshqa xalqaro telekanallarni ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid