Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask: Twitter bir qator jurnalistlarning akkauntlarini blokdan chiqardi
SpaceX asoschisi va Twitter’ning yangi egasi Mask bir qator jurnalistlarni real vaqt rejimida uning parvozlari haqidagi ma’lumotlarni chop etishda aybladi. Ularning mikrobloglar tarmog‘idagi profillari bloklangandi. Endi blok olib tashlandi.
Foto: Reuters
SpaceX asoschisi va Twitter’ning yangi egasi Ilon Mask 17 dekabr, shanba kuni ushbu chora joriy etilganidan ikki kun o‘tib bir necha jurnalistning akkauntlarini blokdan chiqarishga rozi bo‘ldi. «Odamlar gapirdi. Mening joylashuvimni oshkor qiluvchi akkauntlarni bloklash endi olib tashlandi», deb yozgan amerikalik tadbirkor mikrobloglar tarmog‘ida.
Mask blokni ochish vaqti haqida Twitter’da avvalgi so‘roviga ishora qildi. Respondentlarning aksariyati (58,7 foiz) sanksiyalarning zudlik bilan bekor qilinishi tarafdori. Shu bilan birga, 41,3 foizi blokdan chiqarishni bir haftaga kechiktirish mumkin deb hisoblagan.
15 dekabr kuni bir qancha jurnalistlarning Twitter’dagi akkauntlari bloklab qo‘yilgan edi. Mask ularni real vaqt rejimida o‘z biznes-jyeti harakati haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishda ayblab, bunday xatti-harakatlar uning yaqinlarining xavfsizligiga tahdid solayotganini ta’kidladi.
«Agar kimdir (ijtimoiy tarmoqlarda) The New York Times muxbirlarining hozirgi joylashuvi va manzillarini e’lon qilsa, Federal qidiruv byurosi tergov boshlar edi, Kapitoliy tepaligida esa (AQSh Kongressi joylashgan joy) eshituvlar bo‘lib o‘tardi. Bayden (AQSh prezidenti Jozef Bayden) ertasi kuni demokratiya tugagani haqida nutq so‘zlayotgan bo‘lardi».
Maskning qarori Yevropa Ittifoqi tomonidan tanqidga uchradi. Yevrokomissiya (YeK) vitse-prezidenti Vera Yurova mikrobloglar tarmog‘ida jurnalistlarning o‘zboshimchalik bilan bloklanishi haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. «Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi Yevropa qonuni» matbuot erkinligi va asosiy huquqlarga hurmatni talab qiladi, dedi u.
Mavzuga oid
09:38 / 19.01.2026
2025 yilda o‘ta boy odamlarning boyligi yangi rekordga yetdi
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025