Sport | 01:16 / 19.12.2022
29528
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2022 yakunlari: Messi – «Oltin to‘p» sohibi, Mbappe – «Oltin butsa», Angliya – «Halol o‘yin» sovrindori

Foto: FIFA

Argentinaning chempionligi bilan yakunlangan jahon chempionati finalidan so‘ng o‘tkazilgan taqdirlash marosimida bir qator nominatsiyalarda turnir sovrindorlari taqdirlandi.

Argentinaliklar sardori Lionel Messi turnirning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan - «Oltin to‘p»ga ega chiqdi. «PSJ»ning 35 yoshli forvardi 7 o‘yinda 7ta gol kiritib, 3ta golga assistentlik qildi. 

Finalda het-trik qayd etib, 8ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan Kilian Mbappe esa JCh-2022ning «Oltin butsa»siga ega chiqdi.

Argentinaliklar safidagi Enso Fernandes – eng yaxshi yosh o‘yinchi, darvozabon Emilano Martines esa eng yaxshi posbon sifatida «Oltin qo‘lqop»ga ega chiqdi. Turnirni chorakfinalda tark etgan Angliya esa «halol o‘yin» sovriniga ega chiqdi.

JCh-2022 laureatlari:

«Oltin to‘p» — Lionel Messi (Argentina)
«Kumush to‘p» — Kilian Mbappe (Fransiya)
«Bronza to‘p» — Luka Modrich (Xorvatiya)
«Oltin butsa» — Kilian Mbappe (Fransiya)
«Kumush butsa» — Lionel Messi (Argentina)
«Bronza butsa» — Olive Jiru (Fransiya)
«Oltin qo‘lqop» — Emiliano Martines (Argentina)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Enso Fernandes (Argentina)
«Halol o‘yin» sovrini — Angliya milliy jamoasi.

Mavzuga oid