22:19 / 24.12.2022
73714

Google smartfonlari 2022 yilning eng yaxshilari deb topildi

Pixel 7 Pro smartfoni reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: blog.google / Rory Charlston

2022 yil juda ko‘p qiziqarli smartfonlarni taqdim etdi, ammo ular orasida Google modellari bozorda tengsiz bo‘ldi. Buni mashhur 9to5google portali o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ham ko‘rsatdi.

Jumladan, Pixel 7 Pro 2022 yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi, unga so‘rovda ishtirok etganlarning 40 foizi ovoz berdi. O‘z navbatida, portal muharrirlari ushbu modelni bugungi kundagi eng yaxshi Google flagmani deb atashgan.

Ikkinchi o‘rinda Pixel 7 modeli joy oldi – ishtirokchilarning deyarli 20 foizi unga ovoz berdi. Smartfonning afzalliklari orasida Pro-modelga nisbatan arzon narx va qimmatroq versiyada ishlatiladigan dasturlarning borligi qayd etilgan.

Uchinchi o‘rinni 10 foiz ovoz bilan Samsung Galaxy S22 Ultra flagmani egalladi.

Ayni paytda Google o‘zining birinchi buklanadigan Pixel Fold smartfonini chiqarishga tayyorlanmoqda. Uning taqdimoti 2023 yilning bahorida bo‘lib o‘tadi va narxi 1799 dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top