10:02 / 30.12.2022
9056

Borrel: Rossiyaning harbiy jinoyatlari jazosiz qolmaydi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainaga bergan yangi zarbalarini qoraladi.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi vakili hujumni «ma’nosiz» deb atadi va u «infratuzilma va tibbiyot muassasalarini o‘zboshimchalik bilan vayron qilish, tinch aholini ataylab nishonga olish va ularni o‘ldirish»ga olib kelayotganini bildirdi

«Rossiyaning harbiy jinoyatlari jazosiz qolmaydi. Bizning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz to‘xtovsiz davom etadi», deb yozdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Twitter'da.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, u Ukrainadagi media-resurslar faoliyatining huquqiy asoslarini, shuningdek, ushbu sohada davlat boshqaruvi, tartibga solish va nazorat qilish asoslarini belgilaydi. 

Hujjat Ukraina ommaviy axborot vositalari faoliyatini yagona tartibga soluvchi organga aylanadigan Televideniye va radioeshittirish milliy kengashining vakolatlarini kengaytiradi. 

Qonunning bir qator normalari axborotni cheklashga qaratilgan. Masalan, Rossiya tashviqotini, ukrain tilini obro‘sizlantiradigan, Ukrainadagi 1917-1991 yillardagi kommunistik totalitar tuzumning «jinoyat xarakterini» inkor etuvchi yoki oqlaydigan, giyohvandlik va psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top