Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi
Elchi universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muhandislik yo‘nalishi talabalari uchun tashkil qilingan laboratoriyalar va muqobil energiya manbalarini olish maqsadida olib borilayotgan izlanishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga bordi. Mehmonni universitet rektori Jonpo‘lat Xudoybergenov kutib oldi. Uchrashuvda elchiga Janubiy Koreya universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari hamda “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng elchi universitet talabalari uchun, “Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning hoziri va kelajak istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi. Talabalar taqdimotdan so‘ng Koreyada ta’lim, grant va qo‘shma dasturlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
“O‘zbekistondagi 16ta OTMda 3 mingga yaqin talabalar koreys tili va Koreya davlati haqida o‘rganishmoqda. Toshkent kimyo xalqaro universiteti ham namunali tarzda koreys tili kafedrasini yuritmoqda.
Bu yil O‘zbekiston va Koreya diplomatik aloqalarning 30 yilligini nishonlamoqda. O‘tgan davrdagi yutuqlarga tayanib kelgusi 30 yillik rejalar haqida izlanishimiz kerak deb o‘ylayman. Keyinchalik ham sog‘liqni saqlash, ta’lim, IT, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarda hamkorlik yanada kengayib borishiga ishonamiz”, - dedi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang.
Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: https://t.me/kiut_official
Facebook: https://www.facebook.com/kiut.uz
Instagram: https://instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikki hududda 7,4 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
Jamiyat | 11:02
-
Toshkentda MAN gaz quvuriga borib urildi
Jamiyat | 10:46
-
Kiberjinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
O‘zbekiston | 10:39
-
Ukraina Oleg Deripaskaning 48 mln yevroga teng aktivlarini xatlovga oldi
Jahon | 10:31
Mavzuga oid
19:00 / 15.01.2025
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining 250 dan ortiq talabalariga grantlar taqdim etildi
19:00 / 01.12.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
17:00 / 04.11.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19:00 / 28.08.2024