16:13 / 04.01.2023
81824

Shuhrat G‘aniyevning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgan Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev Prezident administratsiyasida ish boshladi.

Foto: KUN.UZ

O‘zA xabar berishicha, Shuhrat G‘aniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ya’ni, Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisi Ravshan G‘ulomovga o‘rinbosar bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shuhrat G‘aniyev 2011 yildan 2020 yilgacha Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2020 yil 25 sentabrdan marhum O‘ktam Barnoyev o‘rniga agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Hukumatdagi o‘zgarishlar vaqtida G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketdi.

Mavzuga oid
Top