Hilola Öktamovna Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi maktabgaça va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Hilola Umarova 2022 yil dekabridan buyon vazir lavozimida işlab kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga yana tört nafar yangi örinbosar tayinlangan:

Tamila Anvarovna Aliyeva PA rahbarining tibbiyotni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Timur Nuryigitoviç Butunboyev PA rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungaça suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Nodira Jalolovna Hakimova PA rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Şerzod Farxod öğli Ozodzoda PA rahbarining tadbirkorlik loyihalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim taşabbuslarni işlab çiqiş boşqarmasi boşliği lavozimidan ozod etildi.

Şuningdek, Dilnoza Muradovna Ziyamuhamedova PA rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi, u bungaça prezident yordamçisi kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelgandi.