12:55 / 05.01.2023
7185

O‘zbekistonga xorijdan 61 mln dollarlik elektromobil import qilindi

11 oy mobaynida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 61 million dollardan ortiq hajmida elektromobil import qilindi.

Foto: AP

2022 yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 61,3 million dollar hajmidagi 1912 dona elektromobil import qilindi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1 223 donaga oshgan.

Aksariyat elektromobillar mamlakatga Xitoydan olib kelingan (1675). Birlashgan Arab Amirliklaridan 111, Germaniyadan 56, Hongkongdan 42, Litvadan 10, Janubiy Koreyadan 7 dona va boshqa mamlakatlardan 11 ta elektromobil olib kelingan.

Mavzuga oid
Top