2025 yilda Özbekistonga import qilingan har 10 ta yengil avtomobildan 7 tasini faqat elektrda harakatlanadigan ulovlar taşkil etdi. Bu – Kun.uz e’tibor qaratgan bojxona statistikasidan ma’lum böldi.
Bojxona qömitasi saytidagi ma’lumotlarga köra, 2025 yilda Özbekistonga 56 832 ta elektromobil import qilingan. Bu – 2024 yildagiga nisbatan 136 foiz (qariyb 2,4 barobar)ga köp.
2024 yilda xorijdan olib kirilgan elektromobillarning jami bojxona qiymati 224,7 mln dollarni taşkil etgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç 701 mln dollarga yetdi.
- Bunda nafaqat import hajmining oşişi, balki nisbatan qimmatroq modellar olib kirilayotgani ham rol öynagan: 2024 yilda import elektromobillarning örtaça bojxona qiymati 9330 dollar edi, 2025 yilda bu qiymat 12 340 dollarni taşkil etdi.

2025 yilda benzinda harakatlanuvçi 19 871 ta avtomobil olib kirildi, bu – bir yil oldingidan 40 foizga kam.
Natijada yengil avtomobil importida elektromobillar uluşi 71,2 foizga yetgan. Bir yil oldin bu körsatkiç 32,3 foiz edi.
- Benzinda yuradigan “inomarka”larning örtaça bojxona qiymati 2024 yildagi 21 475 dollardan 2025 yilda 19 525 dollargaça pasaydi.
Şuningdek, gibrid avtomobillar importi 83 foizga qisqarib, 2024 yildagi 17 480 tadan 2025 yilda 3017 taga tuşib qoldi.
Eslatib ötamiz, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, kam litrajli avtomobillar importi uçun bojlar oşdi.
Avvalroq 2025 yil yakunlari böyiça BYD kompaniyasi dunyo miqyosida elektromobil sotuvlari böyiça Tesla'dan özib ketgani xabar qilingandi.

















