17:57 / 10.01.2023
2438
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2022 yil ko‘rsatkichlari

Kombinat mehnat jamoasi tomonidan 2022 yilga belgilangan barcha vazifalar bajarilishiga erishildi.

Xususan, 2022 yilda 30,5 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. (belgilangan reja 28 trlnni tashkil etadi.), prognoz 108,3 foizga bajarildi.

 Mahsulotlar kesimida:

 Mis katodi - 148 516 tonna (loyiha quvvati 148 000 tonna)

metalli  rux -90,05 ming tonna  

oltingugurt kislotasi -815,0 ming tonna  ishlab chiqarildi.

 Qimmatbaho metallar rejasi : oltin –rejasi 100,3%

kumush rejasi ham 100,3 % bajarildi.

Shuningdek, nodir metallar: molibden 1 177,2 tonna va 33,8 tonna volfram 34,5 tonna selen, 2,8 tonna tellur hamda 92,5 kg palladiy mahsuloti ishlab chiqarildi.

Investitsiya dasturi doirasida o‘z mablag‘lari va kreditlar hisobidan 788,8 mln dollar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga o‘sishga erishildi. Bunda umumiy qiymati 1,3 trln so‘m bo‘lgan 15 ta loyiha, shu jumladan ijtimoiy sohada 5 ta obekt (116,1 mlrd so‘m) foydalanishga topshirildi.

Jami 947,5 mln dollar qiymatdagi mahsulot eksport qilinib, prognoz 110,8 foizga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 334,1 mlrd so‘m miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni tashkil etdi.

Raqamlashtirish dasturi bo‘yicha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 48 ta axborot tizimlari joriy qilinib, qog‘oz hujjat aylanishi 80 foizga va omborlardagi tovar-moddiy boyliklar qoldiqlari 260 mlrd so‘mga qisqartirildi hamda jami 237 mlrd so‘m iqtisod qilindi.

2022 yilda Kombinat tomonidan budjetga 18,6 trln so‘m, ijtimoiy jamg‘armalarga 240,3 mlrd so‘m to‘lovlar amalga oshirildi.

OKMK Axborot xizmati

 

Mavzuga oid
Top