O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi.

Foto: TIV
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Bilaval Bhutto-Zardoriy O‘zbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik qilgani bilan tabrikladi.