11:15 / 25.01.2023
17163
Navoiyda qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik ShES uchun uskunalar maxsus transportda olib kelinyapti

Navoiy viloyatida qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi uchun uskunalar maxsus transport vositalarida olib kelinmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

«Masdar» va Xitoyning «Goldvind» kompaniyalari o‘rtasida Navoiy viloyati Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Shunga ko‘ra, Xitoyning Lanchjou shahridan O‘zbekistonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun shamol generatori va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lib hisoblanadi.

Foto: Energetika vazirligi

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi.

Mavzuga oid
Top