11:46 / 25.01.2023
2808

O‘zbekistonning 2022 yildagi iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda ma’lum qilindi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 105,7 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 105,2 foizga, qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 106,6 foizga teng bo‘ldi.

Shuningdek:

  • chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 112,3 foiz;
  • bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 115,9 foiz;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish  sur’ati – 103,6 foiz;
  • tashqi savdo aylanmasi  o‘sish sur’ati – 118,6 foiz;
  • eksportning  o‘sish sur’ati – 115,9 foiz;
  • importning  o‘sish sur’ati – 120,4 foiz;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 592 371 ta;
  • transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 100,5 foiz;
  • transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 105,6 foiz;
  • aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 109,7 foiz.
Top