10:15 / 25.01.2023
4914

Xorazmda mast haydovchi piyodani urib ketdi

Yangibozor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan mast fuqaro Damas avtomobilini boshqarib ketayotganda piyodani urib ketdi.

Foto: YHXX

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida Damas piyodani urib ketdi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar qildi.

14 yanvar kuni soat 02:00 larda Yangibozor tumani «Navbahor» MFYda haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqaro onasiga tegishli bo‘lgan Damas avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Piyoda olingan tan jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Haydovchi mast holatda bo‘lgani aniqlangan.

Mavzuga oid
Top