Statistika agentligi O‘zbekistonning 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasiga doir hisobotni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida respublika tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 19,3 mlrd dollarni, import hajmi esa 30,7 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 15,9 foizga, import hajmi 20,4 foizga o‘sgan. Tashqi savdo salbiy saldosi 11,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Pandemiya inqirozi va xalqaro bozorlardagi vaziyat yomonlashuvi fonida hukumatning bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga olib kirishga qo‘yilgan to‘siqlarni yumshatishi import hajmi sezilarli darajada oshishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
2022 yilda O‘zbekistonning Xitoy va Rossiyaga bog‘liqligi yanada kuchaygan. Rossiyaning O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 9,3 mlrd dollarga yetgan va bu borada Xitoyni ortda qoldirgan. Har ikkala mamlakatning umumiy TSAdagi ulushi esa 36,4 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil yakunlari bo‘yicha 35,6 foiz, 2020 yil yakunlari bo‘yicha esa 33,2 foiz bo‘lgan.
O‘tgan yilda TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 foiz), Xitoy (17,8 foiz), Qozog‘iston (9,2 foiz), Turkiya (6,4 foiz), Koreya (4,7 foiz), Qirg‘iziston (2,5 foiz) va Germaniya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uchta mamlakat – Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2022 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor top-10 davlat:
- Rossiya – 3 mlrd;
- Xitoy – 2,5 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Qozog‘iston – 1,38 mlrd;
- Qirg‘iziston – 980 mln;











