Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi savdo tovarlariga qo‘yilgan cheklov va taqiqlar bo‘yicha yagona reyestr joriy etiladi
O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, olib chiqiladigan va tranzit tartibda o‘tuvchi tovarlarga nisbatan qo‘llanadigan taqiq va cheklovlarni ochiq eshitilishini ta’minlaydigan yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida bilan ko‘zda tutilmoqda.
Hozirda tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqishga oid cheklov va taqiqlar haqidagi ma’lumotlar «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmati bazasiga kiritiladigan axborot sifatida yuritib kelinmoqda.
2026 yil 1 yanvardan boshlab aynan shu baza asosida O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, olib chiqiladigan va tranzit tartibda o‘tuvchi tovarlarga qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni o‘z ichiga olgan yagona elektron ochiq reyestr axborot xizmati yuritiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga qator vazifalar yuklatiladi:
tovarlarga qo‘yilgan barcha taqiq va cheklovlar ro‘yxatini to‘liq shakllantirish;
«Integratsiyalashgan tarif»da «Yagona reyestr» bo‘limini joriy etish va unda taqiq/cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida, bepul taqdim etish;
«Yagona reyestr» orqali beriladigan ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab borish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash;
ayrim tovarlarga qo‘yilgan taqiq va cheklovlar ro‘yxatini doimiy ravishda yangilab borish, servisning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash.
Yagona reyestrning joriy etilishi sohadagi shaffoflikni oshirish, tadbirkorlik sub’yektlarining tashqi savdo tartibotlari va cheklovlar haqidagi xabardorligini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
13:43 / 23.01.2026
O‘zbekiston tashqi savdosi: Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
19:02 / 22.01.2026