13:13 / 31.01.2023
17829

Abdurahmon Abduvaliyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Transport vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Abdurahmon Abduvaliyev Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Tohir Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori lavozimini egalladi.

Doniyor Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Faxriddin Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston Transport vazirligiga Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelyapti.

Mavzuga oid
Top