07:31 / 03.02.2023
6907

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 2 fevral kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Foto: YHXB

Soat 13:30 lar atrofida “Elektroapparat” zavodi ro‘parasida "Labo" va "Matiz" ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng "Matiz" "Spark"ka borib urilgan.

Hodisaning dastlabki sababi: "Labo" haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.

To‘qnashuv natijasida "Labo" avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top