14:30 / 07.02.2023
21109

Baxmut atrofida jang qilayotgan azovchilar va Donbass frontidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 348-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina Oliy Radasi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini xalqaro jinoiy tashkilot deb topdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari ofitseri Denis Yaroslavskiy jurnalistlarga RF armiyasi Baxmutning uchdan bir qismini — «sanoat zonasi hamda daryo bo‘yidagi xususiy sektor hududlari»ni egallaganini aytdi. Ukraina tomonidan boshqa hech kim bu ma’lumotni tasdiqlamagan. RF mudofaa vazirligi so‘nggi brifingida Baxmutdagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» bo‘linmalari Baxmutni Su-24 bombardimonchi samolyotidan o‘qqa tutganini aytdi va samolyot bortidan turib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «osmonda duel qilish»ga chaqirdi.
  • «Vagner» vakillari yana Rossiya koloniyalarini aylanib, mahbuslarni urushga yollashni boshladi, ammo bu safar Yevgeniy Prigojinning ishtirokisiz.

Baxmut atrofidagi «Azov» polki artilleriyachilari

«Azov» polki jangchisi Baxmut yaqinidagi pozitsiyada 152-millimetr kalibrli 2A65 «Msta-B» gaubitsani o‘q otishga tayyorlamoqda. «Azov» 2014 yilda Mariupoldagi ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgandi. Rossiya bosqinining ilk oylarida ushbu batalon jangchilari Ukraina qurolli kuchlari bilan birgalikda Mariupolni mudofaa qilgandi. Foto: Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi «Azov» jangchilari. Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi ushbu shaharni yarim yildan buyon shturm qilmoqda. Ammo, Ukraina armiyasi mudofaani tutib turibdi, Rossiya esa katta yo‘qotishlarga uchramoqda.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain jangchilari

Donetsk oblastida Rossiya yurishi davom etmoqda. RF mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi bilan birgalikda harakat qilayotgan «Vagner» XHK kuchlari Donetskdan 40 kilometr janubdagi Mikolayivka shahrini egallagan. Ukraina qurolli kuchlari oblast markazidan taxminan 60 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vuhledar shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilayotganini ma’lum qilgan. Harbiy ekspertlar ushbu hududda yaqin haftalar ichida Rossiyaning yirik yurishi boshlanishini prognoz qilishmoqda.

Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinidagi ukrainalik harbiylar 
Yauyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar ponton ko‘prikda turib baliq ovlamoqda
Yauyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Birinchi tank brigadasining ukrainalik harbiy xizmatchilari 2S3 «Akatsiya» gaubitsasini shox-shabbalar orasiga yashirmoqda
Yauyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Front chizig‘idagi ukrain jangchisi
Yauyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Tushlik qilayotgan ukrainalik harbiy
Yauyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
O‘ziyurar gaubitsadagi ukrain harbiylari
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top