Xususan, Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 5 fevral kuni rossiyaliklar keng kölamli uruş boşlanganining bir yilligi munosabati bilan ramziy ma’noda oy oxirida yangi hal qiluvçi hujumni boşlaşini taxmin qildi, deydi tahlilçilar. 

Şuningdek, ular Ukraina armiyasining ismi oşkor etilmagan maslahatçisi Financial Times naşriga Rossiya yaqin 10 kun içida, ya’ni 15 fevralgaça hujum uyuştiriş niyatida ekanligini aytganini eslatişdi. 

Şu bilan birga, ayrim rossiyaliklar hali ham Rossiya Federatsiyasining fevral oyining oxirida muvaffaqiyatli hujumni boşlaş qobiliyatiga şubha bildirmoqda. 

Tahlilçilarning fikriça, har ikkala kuzatuv Rossiya harbiy rahbariyati ğarb harbiy yordami va 2022 yil bahorida Rossiya texnikasining olğa siljişiga tösqinlik qilgan Ukrainadagi bahorgi ob-havo kelguniga qadar hal qiluvçi hujumga ötişga şoşilayotganini bildiradi.