18:57 / 14.02.2023
6394

Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan bir qancha korxonalar aniqlandi

Yetkazilgan zarar miqdori 600 million so‘mdan oshgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va elektr ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda elektr energiyasi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etilgan.

Jumladan, Zangiota tumanida «T.-B», «T.A» korxonalari va O‘rtaovul mahallasida yashovchi Yu.B. elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 476,6 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Qarshida «K.g» korxonasi rahbari issiqxonani elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 348,1 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Narpay tumanida «N.b» fermer xo‘jaligi rahbari A.T. va boshqalar xo‘jalik transformatorini hech qanday hujjatsiz yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 212,9 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Urganch tumanida «Z.Q.» va «J.N.» korxonasi rahbarlari umumiy ovqatlanish hamda qurilish obektini elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulab, 122,3 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Xonobod shahrida «N.O» oilaviy korxonasi rahbari elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulanib, 120 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 618 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Top