Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Ukraina bo‘yicha muzokaralarda energetika kelishuvlarini muhokama qilgan
Rossiya va AQSh hukumatlari vakillari Exxon kompaniyasining "Saxalin-1" loyihasiga qaytishi va "Arktik SPG 2" loyihasi doirasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi, deb yozadi Reuters.
Foto: REUTERS/Vladimir Soldatkin
Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha so‘nggi muzokaralar chog‘ida Rossiya va AQSh hukumatlari vakillari energetika sohasidagi qator kelishuvlarni ham muhokama qildi, deb xabar berdi ushbu muzokaralar jarayonidan xabardor bo‘lgan besh anonim manbaga tayanib Reuters agentligi. Nashrning yozishicha, muhokamalar Kremlni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga va Vashingtonni Moskvaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga undash maqsadida o‘tkazilgan.
Xususan, muhokamada Amerikaning Exxon Mobil korporatsiyasining Rossiyaning neft va gaz qazib olish bo‘yicha "Saxalin-1" loyihasiga qaytishi istiqboli muhokama qilindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan chet elliklar uchun "Saxalin-1" loyihasi operatoridagi ulushni olish shartlari to‘g‘risidagi farmon Exxon Mobil kompaniyasiga undagi ulushini qaytarishga ruxsat berishi mumkin, deb ta’kidladi Reuters. Farmon 15 avgustda, Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Alyaskada uchrashgan kuni sanasi imzolangan. Ushbu muzokaralar kun tartibiga ikki davlat o‘rtasidagi «sarmoyaviy va ishbilarmonlik hamkorlik imkoniyatlari» kiritilishi kerak edi.
Reuters'ning 26 avgustdagi maqolasida aytib o‘tilgan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yo‘nalishi bu "Arktik SPG 2" kabi suyultirilgan gaz ishlab chiqarish loyihalari uchun Rossiyaning Amerika uskunasini sotib olishidir. Bu loyiha g‘arb sanksiyalari ostida.
Mavzuga oid
11:24
Eron hukumati: AQSh bilan muzokara olib borilmaydi
10:46
“IELTS 9 ham yordam bermasligi mumkin” – AQShning 3 oliygohidan grant yutgan samarqandlik o‘quvchi Dilnura Toshtemirova
10:41
Germaniya kansleri AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi
10:06