16:04 / 14.02.2023
16724
Reklama

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida Beeline aloqasi yo‘lga qo‘yildi

Digital -operator poytaxt metrosida uyali aloqani sinovdan o‘tkazdi. Endi Beeline Uzbekistan abonentlari hatto metroda ham barcha odatiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline metro aloqasi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magi tufayli amalga oshdi.

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski ta’kidlaganidek, loyihaning asosiy harakatlantiruvchi maqsadi abonentlarni istalgan joyda aloqa bilan ta’minlash istagi bo‘lgan: “Beeline xizmatlari shaharlar va olis tog‘li hududlarda hamda qadimiy me’moriy yodgorliklar yaqinida mavjud. Endi esa navbatdagi mantiqiy qadam qo‘yildi: biz yer ostiga o‘tdik! Yuz minglab mijozlarimiz Toshkent metropolitenining xizmatlaridan foydalanadilar, shuning uchun biz 31 ta metro bekatining har birida sayohat davomida ular aloqada qolishlari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga soldik. Metro bu sayyohlarga tanish transport. Endi poytaxt mehmonlari smartfonlardan metro bekatlarida, xususan, navigatsiya, internetdan kerakli manzillarni qidirishda foydalanishlari mumkin bo‘ladi”.

Bir necha oy davomida barcha metro stansiyalaridagi texnik xodimlar mobil xizmatlar nosozliklarini tuzatish va ovoz, ma’lumotlar va signal uzluksizligini sinovdan o‘tkazishdi.

“Endi mijozlarimiz Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida a’lo sifatda odatiy messenjerlardan foydalanishlari, musiqa va podkastlar tinglashlari, hattoki o‘zlarining sevimli teleko‘rsatuvlari yoki ma’ruzalarini tomosha qilishlari mumkin. Va, albatta, kun davomida yaqinlar, do‘stlar va hamkasblar bilan aloqada bo‘lish juda muhimdir”, — deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov. “Biz metroda yo‘lovchilarning ko‘paygan paytlarida aloqa sifatini, ayniqsa, eng tig‘iz soatlarda, fikr-mulohazalar tahlilini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. Bu kompaniyaning barcha xizmatlari metroda yer yuzidagi kabi ishlashi uchun muammoli nuqtalarni tezda topish va asbob-uskunalarni tezda sozlash imkonini beradi”.

Beeline Uzbekistan tarmog‘i UZTELECOM infratuzilmasi asosida MORAN (Multi Operator RAN) faol uskunalar almashish texnologiyasidan foydalangan holda ishga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan 2022 yilda mamlakatning barcha hududlarida 2330 dan ortiq yangi baza stansiyalarini ishga tushirgan.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistanʼda 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top