12:11 / 15.02.2023
3597

O‘zbekistonga yanvar oyida eng ko‘p turist Tojikistondan keldi

2023 yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan. 

O‘zbekistonga yanvar oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:

  • Tojikiston – 139,6 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 116,6 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 103,2 ming nafar;
  • Rossiya – 41,9 ming nafar;
  • Turkiya – 6,7 ming nafar;
  • Koreya – 2,4 ming nafar;
  • Turkmaniston – 2,3 ming nafar;
  • Hindiston – 1,1 ming nafar;
  • Ozarboyjon– 0,7 ming nafar;
  • Belarus R. – 0,7 ming nafar;
  • AQSh – 0,6 ming nafar;
  • Germaniya – 0,5 ming nafar;
  • Fransiya – 0,3 ming nafar;
  • Buyuk Britaniya – 0,4 ming nafar;
  • Xitoy – 0,4 ming nafar.
Top