Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan xorijiy fuqarolar soni 8,6 mln nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,8 mln nafarga oshib, 49,3 foizlik o‘sishni qayd etdi.

Mamlakatlar kesimida:

  • Qirg‘iziston — 2,4 mln;
  • Qozog‘iston — 2,0 mln;
  • Tojikiston — 1,9 mln;
  • Rossiya — 757,1 ming;
  • Afg‘oniston — 343,6 ming;
  • Turkmaniston — 275 ming;
  • Xitoy — 176,9 ming;
  • Turkiya — 129,9 ming;
  • Hindiston — 55,8 ming;
  • Koreya Respublikasi — 35,2 ming;
  • boshqa davlatlar — 435 ming.

Raqamlar yaxlitlangan. Turistlar oqimining yarmidan ko‘pi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani mintaqaviy turizm faolligi va chegaraoldi sayohatlarning kuchayganini ko‘rsatadi.