Farmagentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ulug‘bek Egamov ushbu agentlik direktori lavozimini egalladi.

Ulug‘bek Egamov / Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident qarorlari bilan ro‘y bergan lavozim tayinlovlari e’lon qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida:
- Mirshod Qurbonov – IMV huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
- Farrux Po‘latov – IMV huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga;
- Lutfullo Umrzoqov – IMV huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida:
- Ulug‘bek Egamov – ISSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
- Ulug‘bek Murodov – ISSV huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori lavozimiga;
- Murod Mirzayev – ISSV huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori lavozimiga;
- Dilshod Sattorov – ISSV huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida:
- Bahrom Sharipov – QXV huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
- Ibrohim Ergashev – QXV huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori lavozimiga;
- Husniddin Karimov – QXV huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimiga;
- Abrol Vahobov – QXV huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, quyidagilar o‘z lavozimini tark etdi:
- Shuhrat Mirzayev, Maqsud Ro‘zmetov va Alisher Turayev – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
- Shuhrat Jabborov va Bahodir Isayev – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarlari lavozimlaridan;
- Abror Akbarov – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
- Erkin Hayitov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- Miryashin Soatov – Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarlariga o‘rinbosarlar tayinlangani ma’lum qilingandi.