Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Foto: Shutterstock
23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:37 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 38,51 gradus shimoliy kenglik; 72,84 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,8. Chuqurlik 147 km. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 4 ball, 227 km;
- Andijon viloyatida 4 ball, 256 km;
- Namangan viloyatida 4 ball, 294 km;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 413 km;
- Toshkent shahrida 3-4 ball, 435 km;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball, 467 km;
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 509 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km;
- Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km;
- Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.
Tojikistonda ushbu zilziladan keyin yana 4 ta aftershok qayd etilgan.