O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsuli Otabek Tursinbekov Qozog‘istonning «Port Quriq» bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ushbu port orqali tashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Serik Axmetovning aytishicha, ayni paytda port infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida xalqaro hamkorlar bilan ishlar olib borilmoqda. «Port Quriq»ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, - dedi port rahbari. - Shu jumladan portda «Sarja» ko‘p funksiyali dengiz terminalini qurish nazarda tutilgan. Ushu vazifalar portning yuk o‘tkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi».
Qayd etilishicha, portning yuk o‘tkazuvchanlik imkoniyatining kengayishi O‘zbekiston tadbirkorlarining ham Transkaspiy xalqaro yo‘nalishi orqali savdo-iqtisodiy aloqalarining faollashishiga xizmat qiladi.