08:50 / 28.02.2023
10112

Germaniya Qozog‘istondan neft olishni boshlaydi

Qozog‘iston Yevropa Ittifoqining neft embargosiga tobe emas. Osiyo mamlakatidan neft Shvedtdagi neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib beriladi, u urushdan oldin deyarli faqat Rossiyadan "Drujba" quvuri orqali ta’minlangan.

Foto: AP

Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Germaniya Qozog‘istondan neft oladi. Bu, Reuters agentligining ta’kidlashicha, Rossiya neft ta’minotiga embargo joriy qilinganidan beri birinchi marta sodir bo‘ladi. Qozog‘istonning "KazTransOyl" operatori va Rossiyaning "Transneft" kompaniyasi 27 fevral, dushanba kuni neft Germaniyaga "Drujba" quvuri orqali yetkazib berilishini tasdiqladi.

Qozog‘iston Moskvaning Ukrainaga bo‘lgan agressiyasiga javob sifatida joriy qilingan Yevropa Ittifoqi neft embargosiga bo‘ysunmaydi. Biroq, Osiyo davlatidan neft Rossiya orqali bir necha ming kilometrga tashilishi kerak. Buning uchun Moskva tranzit to‘lovini oladi. Federal iqtisodiyot vazirligi yetkazib berish shartnomalari mavjudligini tasdiqladi. "Biz Rossiyaning "Drujba" orqali tranzitga nisbatan o‘zini qanday tutayotganini kuzatishimiz kerak", dedi matbuot kotibi va Moskvaning harakatlarini, afsuski, oldindan aytish qiyinligini, chunki bu, masalan, 2022 yilda, Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni muzlatib qo‘yganida sodir bo‘lganini ta’kidladi.

Qozog‘istondan neft Shvedtdagi (Meklenburg-Old Pomeraniya) neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib beriladi, u urushdan oldin deyarli faqat Rossiyadan "Drujba" quvuri orqali ta’minlangan. Embargo joriy etilgandan so‘ng kompaniya o‘zi uchun zarur bo‘lgan xomashyoning yarmiga yaqinini jahon bozorlaridan Rostok porti orqali oladi. Keyingi hajmlar Polshaning Gdansk porti orqali kelishi kerak, ammo Polsha tomoni hali hech qanday aniq majburiyatlarni olmagan.

Top