Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Foto: Shutterstock
Ma’lumotda aytilishicha, 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:20 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,61 gradus shimoliy kenglik; 73,25 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 534 km janubi-sharqda.