16:04 / 28.02.2023
33517

Xersonda oyog‘idan ayrilgan jangchi ayol, Kiyevda dron ovi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 369-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • 27 fevralga o‘tar kechasi Kiyev va Ukrainaning qator oblastlarida rossiyaliklar dronlari hujumlari kuzatildi. Xmelnitskiyda bir kishi halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangan.
  • BelgorodBryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari Ukraina bilan chegara hududidagi aholi yashash manzillari o‘qqa tutilgani haqida xabarlar berishgan. Jabrlanganlar yo‘q.
  • Irkutskdan bo‘lgan safarbar qilinganlar uchinchi bor Putinga murojaat qilib, komandirlar ularni hech qanday tayyorgarliksiz shturmga yuborayotganidan shikoyat qilishdi. Ular shuningdek og‘ir yaralanganlar va halok bo‘lganlar evakuatsiya qilinmayotgani, chunki qo‘mondonlik «texnikani yo‘qotishdan qo‘rqayotgani»ni aytishgan.
  • WizzAir aviakompaniyasi 14 martdan e’tiboran xavfsizlik nuqtayi nazaridan Moldova bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi xabar berdi.
  • AQSh moliya vaziri Janet Yyellen Kiyevga tashrif buyurdi va Ukrainaga 1,25 milliard dollar miqdoridagi iqtisodiy yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi, bu oldinroq anons qilingan qariyb 10 milliard dollarlik yordam paketining bir qismi bo‘ladi.
  • Yevroittifoq Belarusga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Cheklov choralari ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxslarning Yevroittifoq hududiga kirishini cheklash va ularning aktivlarini muzlatishni o‘z ichiga oladi — hozirda ro‘yxatda 195 kishi nomi qayd etilgan, ular orasida Aleksandr Lukashenko ham bor..

Kun kadri. Kiyev osmonida dron izlash

27 fevralga o‘tar kechasi Kiyev shahri va Kiyev oblastida havo hujumidan ogohlantiruvchi trevogalar chalindi — bu besh soatga yaqin vaqt davomida saqlanib turdi. Keyinroq oblast harbiy ma’muriyati Ukraina poytaxti ustida rossiyaliklarning to‘qqizta droni urib tushirilganini xabar qildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi pozitsiyalari

Donetsk oblastida janglar va shahar hamda qishloqlar o‘qqa tutilishi davom etmoqda. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning 27 fevral kungi svodkasida aytilishicha, shu kunlarda Rossiya qo‘shini Gornyak shahriga (Donetskdan taxminan 40 kilometr g‘arbda) va unga qo‘shni bo‘lgan Zoryanoye qishlog‘iga, shuningdek Donetsk yaqinidagi Avdiyivkaga zarbalar bergan. Bundan tashqari, RF armiyasi Baxmut va Vuhledar shaharlarini ham o‘qqa tutmoqda.

«Belaruskі Gayun» monitoring guruhi ma’lumotiga ko‘ra, Belarusdan Rostov oblasti hududi orqali Donetsk tomonga shaxsiy tarkib va harbiy texnikalar ortilgan eshelon yo‘lga chiqqan.

Donetsk oblastida havo harorati isiy boshladi, natijada yo‘l va okoplarda loygarchilik yuzaga kelgan. Quyida ukrain harbiylari qanday sharoitlarda Rossiya yurishlarini to‘xtatib turgani aks etgan suratlar.

Ukraina qurolli kuchlarining artilleriya vzvodi jangchisi boshpanada
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari harbiy texnikani botqoqdan chiqarmoqda
Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainlarning Baxmut atrofidagi dala hospitali

Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat borgan sari yomonlashmoqda — bu haqda Volodimir Zelenskiy 27 fevral kungi kechki murojaatida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini «ukrainlar pozitsiyalarini himoya qilish, mustahkamlash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha narsani yo‘q qilmoqda». Ukraina prezidenti shuningdek «Donbassdagi shu va boshqa yo‘nalishlarda mudofaani qahramonlarcha ushlab turgan» Ukraina qurolli kuchlari jangchilariga minnatdorchilik bildirgan.

Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Oleksandr Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Baxmut atrofiga «Vagner» XHKning nisbatan yaxshi tayyorlangan shturm otryadlarini tashlagan. RF mudofaa vazirligi 27 fevral kungi brifingda Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasining Baxmut atrofida joylashgan o‘q-dori omborini aniq nishonga olgani haqida xabar berdi.

Ukrain harbiy vrachlari yarador jangchiga uni jang maydonidan harbiy hospitalga olib kelgan tez yordam mashinasidan tushishda yordamlashmoqda. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy mediklari askar yarasini bog‘lashmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiy shifokori sho‘rva suzmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmutda kino namoyishi 

Baxmut aholisi vakillari humanitar yordam markazida «Mesto vstrechi izmenit nelzya» filmini tomosha qilishmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Odessa hospitalidagi ukrainalik harbiy xizmatchi 

19 yoshli harbiy xizmatchi Ruslana Danilkina Odessadagi hospitalda. U Xerson atrofidagi janglar vaqtida oyog‘idan ayrilgan. Ukrain harbiylari orasida — o‘n minglab ayollar bor.  Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA

Urush vaqtidagi Donetsk manzaralari 

Rossiyaliklar harbiy vertolyoti avliyo Pyotr va Fevroniya ibodatxonasi yaqinida uchmoqda. Rossiya tomoni Donetsk Ukraina kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi haqida muntazam xabar berib keladi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar Janubiy harbiy okrugning «Rubinovaya zvezda» front brigadasi konserti vaqtida. Bu brigadada musiqachilar xizmat qiladi. Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetskda yashovchi ayol devorida o‘q izlari qolgan bino oldidan o‘tmoqda
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Yo‘ldagi ko‘lmakdan sakrab o‘tayotgan kishi
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetsk osmonida raketalardan qolgan izlar
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Balkonda titilib ketgan Rossiya bayrog‘i
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top