«Men qömondonlarimiz bilan doimiy aloqadaman. Ayniqsa, şarqdagi vaziyat, albatta, Donetsk viloyatidagi vaziyat e’tiborga molik. Baxmut yönalişida vaziyat tobora murakkablaşib bormoqda. Duşman öz pozitsiyalarimizni himoya qiliş, mustahkamlaş uçun doimo foydalaniş mumkin bölgan hamma narsani yöq qilmoqda», — dedi Zelenskiy.
Bundan taşqari, prezident Rossiyaning kamikadze dronlari tomonidan bir kun avval amalga oşirilgan öqqa tutiş holati oqibatlari haqida gapirdi. Otilgan 14 ta drondan 11 tasini Ukraina Qurolli kuçlari urib tuşirişga muvaffaq böldi.
«Afsuski, aniq zarbalar ham böldi. Xmelnitskiydagi favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 3 nafar xodimi tan jarohati oldi, ikki nafari halok böldi. Oilalariga hamdardlik bildiraman. Ikkinçi uçuvçisiz uçoq birinçisidan keyin yuzaga kelgan yonğinni öçiriş vaqtida urib tuşirildi», - dedi prezident.
Odessa viloyatida keng kölamli uzilişdan söng elektr ta’minotini tiklaşga muvaffaq bölindi.
«Keçqurungi holatga köra, barça muhim infratuzilma va iste’molçilarning katta qismi elektr energiyasi bilan ta’minlangan», dedi Zelenskiy.


















