Oqto‘be viloyatida KamAZ va Cobalt yengil avtomobili to‘qnashgan.

Foto: videodan kadr
Qozog‘iston g‘arbida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning 4 nafar fuqarosi halok bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, Oqto‘be viloyatida KamAZ va Cobalt yengil avtomobili to‘qnashgan.
«Yengil avtomashina haydovchisi va uch nafar yo‘lovchi, ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, voqea joyida halok bo‘ldi», deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqeaning barcha holatlarini o‘rganmoqda.