15:29 / 10.03.2023
5846

Loong Air Toshkentga parvozlar sonini oshirmoqda

2023 yil 26 martdan boshlab Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslar sonini oshiradi va qo‘shimcha yo‘nalish ochadi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Ilgari aviatashuvchi Sian — Toshkent — Sian yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta: juma kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirgan. 26 martdan boshlab Loong Air haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, aviakompaniya yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi: Chendu — Toshkent — Chendu. Muntazam yo‘lovchi reyslari Airbus A320 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Loong Air — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk havo tashishlarini ta’minlaydi.

 

Top