11:05 / 13.03.2023
24803

O‘zbekiston va Eron tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

Tehronga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: TIV axborot xizmati

"Biz Eron tashqi ishlar vaziri H. P. Husayn Abdullohiyan bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘zining Tvitterdagi sahifasida. - Yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, sarmoyaviy sheriklik, ishbilarmonlik almashuvi va xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga kelishib oldik".

Bir necha kun oldin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandumni tasdiqlovchi qarorni imzoladi. Unga binoan, 2022 yil 16 sentabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum tasdiqlandi.

Mavzuga oid
Top