11:49 / 16.03.2023
19040

Rahmatulloh domla Sayfuddinov «Minor» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

U 2023 yil yanvar oyi boshida Toshkent shahar bosh imom-xatibligi bilan birga «Minor» masjidi imom-xatibligidan ham ketgandi.

Foto: Kun.uz

Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov 15 mart kuni Toshkent shahridagi «Minor» masjidi imom-xatibi etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Rahmatulloh domla Sayfuddinov oldin ham «Minor» masjidiga imom-xatiblik qilgan. 2021 yilning oktyabr oyida Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangan domlaga «Minor» masjidi imom-xatibligi ham yuklatilgan edi

2023 yilning yanvar oyi boshida Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Mavzuga oid
Top