Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oyoq qo‘yishga joy yo‘q” – Sariosiyodan Termizga diqqinafas bo‘lib ketayotgan poyezd yo‘lovchilari (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo–Termiz yo‘nalishidagi poyezdda tiqilinchda ketayotgan yo‘lovchilar aks etgan video tarqaldi. Mas’ullarga ko‘ra, holat 22 mart kuni kechki qatnovda yuzaga kelgan. Fuqarolarning borib-qaytishi uchun 4 ta platskart vagon ajratilgan.

Foto: Videodan kadr
24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termizga qarab ketayotgan poyezddagi holat bo‘yicha video e’lon qilindi. Unda ko‘plab odamlar tik turib, diqqinafas bo‘lib ketayotganini ko‘rish mumkin.
“Bu Sariosiyo-Termiz yo‘nalishidagi poyezd ekan. Surxon aholisi uchun bitta reysga atigi 4 ta vagon qo‘yilibdi. U ham platskart emish. Videoda ko‘ringanidek oyoq qo‘yishga joy yo‘q”, deyiladi videoga berilgan izohda.
Vaziyat yuzasidan izoh olish uchun Kun.uz “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bilan bog‘landi. AJ matbuot kotibi Mirzo Murotovning ma’lum qilishicha, holat 22 mart kuni soat 17:39 da jo‘naydigan 6377-sonli Sariosiyo–Termiz shaharlararo yo‘lovchi poyezdida yuzaga kelgan.
Unga ko‘ra, bunga 5 kunlik dam olish kunlarida yo‘lovchilarning temiryo‘l transportiga bo‘lgan talabi ortgani, Termiz shahriga o‘qishga va ishga qaytishi kerak bo‘lgan talaba va o‘quvchilar ko‘p miqdorda to‘planib qolgani sabab bo‘lgan.
«Bu vagon platskart bo‘lgani bilan yo‘lovchilar unda o‘tirib ketishadi, shu bir kuni talabalar ham, oddiy yo‘lovchilar ham ko‘p bo‘lgan va o‘rindiqlarga sumkalarini qo‘yishgan. Shu bois, o‘tirishga joy topilmagan. Bayramlardan boshqa kunlari bu poyezdlarda odam kam bo‘ladi. Yo‘lkira ham taksilardan anchagina arzon. Bayram kunlari mashinalar yo‘lkirani oshirishadi. Shu bois poyezdga ko‘proq odam chiqqan», deydi Murotov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, joy bilan ta’minlanmagan yo‘lovchilarga chegirmali chiptalar rasmiylashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, Termiz–Sariosiyo–Termiz yo‘nalishida shaharlararo yo‘lovchi poyezdi har kuni 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi. Bu poyezd 4 ta vagondan iborat bo‘lib, bir martalik qatnovda 320 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. 22 mart kungi tiqilinch holatida belgilangan quvvatdan ortiqcha yo‘lovchi tashilgani taxmin qilinmoqda. Bu bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim qilinmadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

21:42 / 18.06.2025
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi

09:53 / 17.06.2025