16:14 / 27.03.2023
19007

Donbassda vayron qilinayotgan yana bir shahar va topshiriq bajarishga ketayotgan vertolyotlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 396-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Tula yaqinidagi Kireyevskda ukrainlar droni urib tushirilgan, uch kishi jabrlangan.
  • Kiyev-Pechersk lavrida Ukraina provaslav cherkovining so‘nggi ibodati bo‘lib o‘tdi, unga bir necha ming kishi keldi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi «davlatning UPChga qarshi harakatlari kamsituvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkinligidan xavotir» bildirilgan hisoboti e’lon qilindi.
  • RF hukumati Ukrainaning annexia qilingan hududlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
  • Vladimir Putinning Belarus hududiga taktik yadro qurollari joylashtirish to‘g‘risidagi qarori fonida Pentagon Rossiya uni qo‘llashining alomatlarini ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

Kun kadri. Yongan Vuhledar

Mart oyi boshida Rossiya armiyasi Donetskdan taxminan 60 kilometr masofada joylashgan Vuhledar shahri atrofida og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Ukrain harbiylarining baholariga ko‘ra, rossiyaliklarning 2023 yilning dastlabki oylarida Svatove-Kreminna yo‘nalishida, shuningdek, Avdiyivka va Vuhledarga qilgan hujumlari muvaffaqiyat keltirmagan. Britaniya harbiy razvedkasi qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Rossiya faqat Baxmutda, «Vagner» yollanma jangchilari hisobiga taktik yutuqlarga erishgan. «Rossiya mudofaa vazirligi Vagnerning yutuqlari bilan raqobatlashishni istayotgani tufayli ham Vuhledarda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘jarlik bilan hujum qilayotgan bo‘lishi mumkin», — deyilgan hisobotda.

2022 yil boshida, keng ko‘lamli bosqin boshlanishi va aholi evakuatsiyasidan oldin, Vuhledarda 14 ming kishi yashagan. 2023 yil fevraliga kelib, shahar rahbari o‘rinbosari Maksim Verbovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda 500 ga yaqin kishi qolgan, ularning olti nafari  bolalar. «Ular muntazam portlashlar, yong‘inlar va otishmalar sharoitida yashab kelishmoqda», — deya qayd etadi Verbovskiy.

Donetsk oblasti harbiy-fuqarolik ma’muriyati / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut uchun jang

Donetsk oblastining Baxmut shahri Ukrainadagi harbiy harakatlar o‘chog‘i bo‘lib qolishda davom etmoqda, dedi  Ukraina qurolli kuchlari sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy 25 mart kuni. Quyida ukrain harbiylarining ushbu hududdagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Ukrainalik harbiylar Baxmutdagi front chizig‘i yaqinida kechki ovqat qilmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy minomyotdan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyasiga zarba bermoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofida zirhli transportyorda oldingi chiziqqa ketayotgan ukrain harbiylari
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmutning yuqoridan ko‘rinishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning T-72 tanki rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi oldingi chiziq pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik vertolyotchilar 

Mi-8 (chapda) va Mi-24 (o‘ngda) vertolyotlari topshiriq uchun uchib ketmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Mi-24 zarbdor vertolyoti ekipaji (uning norasmiy nomi — «krokodil») parvozga tayyorlanmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Harbiy topshiriq uchun yo‘l olgan Mi-24 vertolyoti
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Front bo‘yidagi Avdiyivka hayoti

Baxmutdan janubda, Donetskdan esa taxminan 20 kilometr shimolda joylashgan Avdiyivka shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, «oxirzamon haqidagi filmlardagi hududlarga o‘xshab bormoqda», dedi 26 mart kuni shahar harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabash. U yana bir bor aholini evakuatsiya bo‘lishga chaqirgan; ma’muriyat ko‘rsatmasiga muvofiq, barcha kommunal xizmatlar xodimlari shaharni tark etgan.

Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli bosqiniga qadar Avdiyivkada 32,5 ming atrofida odam yashagan, hozirda bu yerda 1,9 ming kishi qolgan, ular orasida bolalar ham bor. 22 mart kuni, Barabashning so‘zlariga ko‘ra, shaharda birorta ham butun bino qolmagan.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, RF qo‘mondonligi front chizig‘ini barqarorlashtirishga intilmoqda va katta ehtimol bilan asosiy e’tiborni Avdiyivka va Svatove-Kreminna liniyasiga qaratgan.

Avdiyivkada insonparvarlik yordami olib ketayotgan kishi
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivkada o‘qqa tutilgan uyning ichkaridan ko‘rinishi
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivka aholisi vakili ukrainalik jangchilar bilan gaplashmoqda
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
2020 yilda «Kailas-V» ijodiy guruhidan bo‘lgan xarkivlik rassomlar Avdiyivkada bolalar aks etgan bir qancha murallar chizishgandi. Ulardan biri rossiyaliklar zarbasi oqibatida shunday ko‘rinishga kelgan.
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top