Sobiq prezidentga firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 4 aprel kuni tushdan keyin Nyu-Yorkdagi sudga borishi shart, deb xabar berdi CNN o‘z manbalarga tayanib.
Uning moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha sud majlisi soat 14:15 ga belgilangan (Toshkent vaqti bilan 23:15). Qayd etilishicha, Trampga Maxfiy xizmat xodimlari hamrohlik qiladi. Sobiq prezidentning o‘zi 3 aprel kuni kechqurun Nyu-Yorkka yetib boradi.
Avvalroq hakamlar hay’ati Donald Trampga firibgarlik bilan bog‘liq 30 ta holat bo‘yicha ayblov e’lon qilishi haqida xabar berilgandi.
Donald Tramp advokatining aytishicha, siyosatchi kelasi hafta, 4 aprel kuni Manhettendagi Nyu-York shtati Oliy sudi mahkamasiga boradi.
Avvalroq, Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati sobiq prezidentga ayblov e’lon qilish uchun ovoz berdi. Manbalarning aytishicha, yaqin kunlarda ayblov xulosasi e’lon qilinadi.