11:25 / 06.04.2023
5860

O‘zbekistonda shubhali to‘lov operatsiyalari mezonlari ro‘yxati kengaytirildi

Foto: Shutterstock

MB boshqaruvi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining “To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” qo‘shma qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, to‘lov tizimi operatorining, elektron pullar tizimi operatorining yoki to‘lov tashkilotining ichki nazorat mas’ul xodimi sifatida faqat ijro etuvchi (ijroiya) organ a’zosi yoki rahbarning o‘rinbosari tayinlanishi mumkin.

Shuningdek, shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:

1 ta akkaunt yoki elektron hamyondan bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida BHMning 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larini bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga o‘tkazilishi;

1 ta elektron hamyonga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida BHMning 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablag‘larini bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushishi;

5 ta va undan ortiq elektron hamyondan bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyonga pul mablag‘larini o‘tkazilishi;

5 ta va undan ortiq elektron hamyonga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 1 ta xorijiy elektron hamyondan pul mablag‘larini kelib tushishi;

1 ta akkauntdan (elektron hamyondan) mobil ilova orqali bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasiga yoki xorijiy elektron hamyonga pul mablag‘larini o‘tkazilishi;

1 ta elektron hamyonga bir vaqtda yoki ko‘p marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida 5 ta va undan ortiq xorijiy bank kartasidan yoki xorijiy elektron hamyondan pul mablag‘larini kelib tushishi.

Mavzuga oid
Top