O‘zbekiston | 18:05 / 24.10.2025
2341
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim oila farzandining nodavlat bog‘cha uchun to‘lovi bir qismi qoplab beriladi

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oila farzandi uchun ota-ona to‘lovining bir qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

«Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oila farzandi uchun ota-ona to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

Ota-ona to‘lovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oila farzandi ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Ayrim toifadagi oila ota-ona to‘lovini qoplash uchun oilaviy bog‘chaga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-ona to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.

Kompensatsiya oilaviy bog‘chaga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oila farzandi sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan oilaviy MTT o‘rtasida tuzilgan bitimda belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid